EIOS AI
Kompaniyangizni 24/7 kuzatadigan sun’iy intellekt
EIOS AI savdo, to‘lovlar, integratsiyalar, serverlar va xavfsizlikni to‘xtovsiz kuzatadi. Muammoni o‘zi topadi, sababini tushuntiradi va mas’ulga xabar beradi. Savolingizga esa ovoz bilan, aniq raqam bilan javob beradi.
Jonli monitoring
Har bir daqiqa — AI nazoratida
Biznes ko‘rsatkichlari, tizim holati, integratsiyalar, video-ko‘riklar va xavfsizlik — bitta oqimda. AI og‘ishni sezadi, sababini aniqlaydi va chora ko‘radi.
- Xavfsizlik
Bitta IP manzildan 40 marta noto‘g‘ri parol kiritildi
IP manzil 24 soatga bloklandi
- Biznes
Samarqand filiali: bugungi savdo kechagidan 31 % kam
Sabab: 2 ta agent ishga chiqmagan — filial rahbariga xabar
- Video-ko‘rik
Video-ko‘rik A-3381: VIN hujjat bilan mos, zarar topilmadi
Xulosa admin panelga yozildi
- Integratsiyalar
Click to‘lovlari 12 daqiqadan beri kelmayapti
Integratsiya mas’uliga xabar yuborildi
- Integratsiyalar
NAPP: so‘nggi soatda 214 ta polis reyestrga yozildi, xatosiz
Nimani kuzatadi
Olti yo‘nalish — bitta AI
Biznes
- Savdo va tushum — filial, mahsulot va agent kesimida
- Rejadan og‘ish darhol seziladi, sababi bilan
- Qarzdorlik va muddati o‘tgan to‘lovlar
Tizim
- Ma’lumotlar bazasi, serverlar va xotira holati
- Fon vazifalari va xatolar jurnali
- Sekinlashuv sababini o‘zi topadi
Integratsiyalar
- NAPP, 1C, banklar va to‘lov tizimlari bilan aloqa
- Javob kelmasa yoki xato qaytsa — darhol ogohlantiradi
- To‘lovlarning polisga bog‘lanishi
Video-ko‘rik
- Har bir surat va video uchun AI xulosasi
- VIN, davlat raqami va avtomobil turi hujjat bilan solishtiriladi
- Arizadagi nomuvofiqlik va firibgarlik belgilari
Xavfsizlik
- Shubhali kirishlar va parol tanlash urinishlari
- Hujumlarni bloklash va hodisalar jurnali
- Kim, qachon, nimani ko‘rgani — audit
Prognoz
- Savdo va tushum prognozi
- Mavsumiy o‘zgarishlar va xavflar
- Reja tuzish uchun tayyor asos
Ovozli yordamchi
Savol bering — AI ovoz bilan javob beradi
EIOS, PM yoki admin panelda Ctrl tugmasini bosib turing — AI ochiladi. O‘zbek, rus yoki ingliz tilida so‘rang: javob aniq raqam, grafik yoki tayyor hujjat bilan keladi.
- Aniq raqam, taxmin emasJavob to‘g‘ridan-to‘g‘ri bazadan olinadi — 10 yil oldingi oy bo‘yicha ham.
- Grafik, Excel va PDFSo‘rasangiz, grafik chizadi yoki hisobotni faylga tayyorlaydi.
- Har qanday hujjatni o‘qiydiSkan, surat yoki PDF — ichidagi ma’lumotni ajratib beradi.
EIOS Voice
O‘zbekcha sun’iy ovoz — o‘zi alohida olam
EIOS AI’ning ovozi — o‘zimizning nutq texnologiyamiz. O‘zbek, rus va ingliz tilida bitta tabiiy ovoz: raqam, sana va summani xatosiz o‘qiydi, har bir javob eshitib tekshiriladi.
- harf xatosi darajasi (CER) — ko‘r sinovda
- 2,3 %
- bitta gapni ovozlashtirish
- ≈ 2 s
- takroriy ibora — keshdan
- 0,05 s
- til — bitta ovoz
- 3
Har bir gap qanday tug‘iladi
- 1Matnni tayyorlashRaqam, sana, telefon va qisqartmalar so‘zga aylanadi.
- 2Parallel sintezBir vaqtning o‘zida bir nechta variant yaratiladi — kutish oshmaydi.
- 3Eshitib tekshirishNutqni tanish modeli har bir variantni asl matn bilan harfma-harf solishtiradi.
- 4Eng yaxshisi sizgaTekshiruvdan o‘tgan variant yuboriladi va keshda saqlanadi.
Raqamni so‘z bilan o‘qiydi
- 15.03.2027«o‘n beshinchi mart, ikki ming yigirma yettinchi yil»
- 1 250 000 so‘m«bir million ikki yuz ellik ming so‘m»
- 10:30«soat o‘n o‘ttiz»
- O‘zbekcha · lotin va kirill
- Русский
- English
O‘tmish, hozir, kelajak
Kecha, bugun va ertaga — bitta savolda
- O‘tmish
Istalgan davr bo‘yicha aniq raqam
«2019-yil mart oyida nechta KASKO sotilgan?» — javob bazadan, bir necha soniyada.
- Hozir
Bugun nima bo‘lyapti
Savdo, to‘lovlar va tizim holati — jonli. Nimadir ishlamasa, AI birinchi bo‘lib aytadi.
- Kelajak
Prognoz
Keyingi oylar savdosi, tushum va xavflar — reja tuzish uchun asos.
Ishonch
Kuchli — lekin nazorat ostida
Faqat o‘qiydi
AI bazada hech narsani o‘zgartira olmaydi — unda faqat o‘qish huquqi bor.
Rolga qarab ruxsat
Uch daraja va shaxsiy token: har bir xodim faqat o‘ziga ruxsat berilganini ko‘radi.
Shaxsiy ma’lumot niqoblanadi
Ism, telefon va PINFL modelga yuborilmaydi — ular o‘rniga belgilar ishlatiladi.
To‘liq audit
Har bir savol va javob jurnalda saqlanadi: kim, qachon, nima so‘radi.
Demo
EIOS’ni o‘z jarayonlaringizda ko‘ring
Qisqa uchrashuvda tizimni kompaniyangiz jarayonlari misolida ko‘rsatamiz va joriy etish rejasini taklif qilamiz.
Telegram orqali ariza qoldirish@eiosinsurance_bot