Matbuot uchun

EIOS haqida yozmoqchimisiz?

Press-reliz, asosiy faktlar, logolar va bannerlar shu sahifada. Qo‘shimcha savol bo‘lsa, yozing — tez javob beramiz.

Press-reliz ·

Semurg Ventures sug‘urta kompaniyalari uchun EIOS — Enterprise Insurance Operating System platformasini taqdim etdi

Toshkent, 6-noyabr, 2026-yil — Semurg Ventures sug‘urta kompaniyalari uchun EIOS (Enterprise Insurance Operating System) platformasini taqdim etdi. EIOS sug‘urta kompaniyasining butun ishini — polis sotuvidan zarar to‘lovigacha, buxgalteriyadan regulyator hisobotigacha — bitta tizimda birlashtiradi.

Platforma yadrosi — sug‘urta ERP: polislar, zararlar, moliya, qayta sug‘urta va komplayens 16 modulda. Uning atrofida ekotizim qurilgan: kompaniyaning ichki hayoti uchun PM platformasi (loyihalar, CRM, call-markaz, hujjatlar va elektron imzo, davomat), mijozlar uchun mobil ilova (MyID orqali kirish, onlayn polis, video-ko‘rik, zarar arizasi) va xodimlar uchun PM.co.uz ilovasi.

EIOS AI kompaniyani 24/7 kuzatadi: savdo, to‘lovlar, integratsiyalar, serverlar va xavfsizlikdagi og‘ishni o‘zi topadi, sababini tushuntiradi va mas’ul xodimga xabar beradi. Savolga ovoz bilan, bazadagi aniq raqam bilan javob beradi — o‘zbek, rus va ingliz tilida. Ovoz texnologiyasi EIOS Voice raqam va sanalarni xatosiz o‘qiydi: ko‘r sinovda harf xatosi darajasi 2,3 %.

EIOS’da 24 ta tayyor integratsiya bor: NAPP, my.gov.uz, MyID, E-IMZO, 1C, Didox, Payme, Click, Uzum, hamkor banklar, SOS24 assistans xizmati va Genova agentlar platformasi. Ma’lumot bir marta kiritiladi va kerakli tizimlarga o‘zi yetib boradi.

EIOS korporativ shartnoma asosida joriy etiladi. Demo so‘rash uchun: eios.uz yoki Telegram’da @eiosinsurance_bot.

Media-kit

Logolar va bannerlar

Logoni o‘zgartirmasdan va cho‘zmasdan ishlating: qorong‘i fonda — oq, yorug‘ fonda — qora variant.

  • Banner 1200×630 · O‘zbekchaPNG
  • Banner 1200×630 · РусскийPNG
  • Banner 1200×630 · EnglishPNG

Biz haqimizda

EIOS haqida

EIOS (Enterprise Insurance Operating System) — sug‘urta kompaniyalari uchun operatsion tizim: sug‘urta ERP, PM va CRM platformasi, mobil ilovalar va EIOS AI bitta ekotizimda. eios.uz

Semurg Ventures haqida

Semurg Ventures — venchur fond va yangi avlod kompaniyalari quruvchisi. FinTech, InsurTech, AgroTech va B2B SaaS yo‘nalishidagi xalqaro bozorga mo‘ljallangan startaplarga sarmoya kiritadi. semurg.vc

Matbuot bilan aloqa

Intervyu, izoh yoki qo‘shimcha material kerak bo‘lsa, yozing.